Frank Riberi A Seriya klubiga o'tishga qaror qildi

Alisher
19 avg 2019
Fransiyalik yarim himoyachi Frank Riberi "Fiorentina"ga o'tishga rozi bo'ldi.

Xavbek Italiya klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishishga tayyor.

Oldinroq, futbolchiga Moskvaning "Dinamo" va "Spartak" klublari qiziqayotganligi to'g'risidagi xabarlar yangragan edi.

Riberi yakunlangan mavsum "Bavariya" safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assistga erishgan.

Futbolchi faoliyatini Fransiyaning "Bulon" klubida boshlagan. U "Bavariya" va "Bulon"dan tashqari "Olimpik Ales", "Brest", "Mec", "Galatasaroy" va "Marsel" kabi jamoalarda ham o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia