Fransiyaning Moldova va Albaniya terma jamoalariga qarshi o'yinlar uchun qaydnomasi e'lon qilindi

Dide Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabi Evro-2020 saralash o'yinlari uchun tarkibni ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Fransiyaliklar 14 noyabr kuni Moldova, 17 noyabrda esa Albaniya bilan bellashishadi.

Darvozabonlar: Alfons Areolya (Real), Stiv Mandanda (Marsel), Mayk Menyan (Lill).

Himoyachilar: Lyuka Din (Everton), Leo Dyubua (Lion), Presnel Kimpembe (PSJ), Kleman Langle (Barselona), Benjamen Mendi (Manchester Siti), Benjamen Pavar (Bavariya), Rafael Varan (Real), Kurt Zuma (Everton).

Yarim himoyachilar: Ngolo Kante (Chelsi), Blez Matyuidi (Yuventus), Mussa Sissoko (Tottenxem), Tangi Ndombele (Tottenxem), Koranten Tolisso (Bavariya).

Hujumchilar: Vissam Ben-Yedder (Monako), Antuan Grizmann (Barselona), Nabil Fekir (Betis), Kingsli Koman (Bavariya), Olive Jiru (Chelsi), Kilian Mbappe (PSJ), Toma Lemar (Atletiko).

Fransiya termasi 8 o'yindan so'ng, 19 ochko to'plagan holda "H" guruhining 2-o'rnida bormoqda.


Manba: twitter.com/equipedefrance