Fransiya va Angliya terma jamoalari 2017 yilning yozida o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi

Aslanov Jasurbek
14 sen 2016, 15:49
Fransiya va Angliya terma jamoalari 2017 yilning yozida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib olishdi.

Bahs 13 iyun kuni Sen-Denidagi stadionda bo'lib o'tadi va uchrashuv mahalliy vaqt bo'yicha 21:00da boshlanadi. Bu francuz va inglizlarning 2015 yil noyabridan keyin o'tkazgan birinchi uchrashuvi bo'ladi. Noyabrdagi bahsda "uch sherlar" "Uembli"da 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com