Fransiya terma jamoasi darvozaboni Evro-2024ni o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 may 2024
Mayk Menyan qo'lidan jarohat olgan.

"Milan" va Fransiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyan Evro-2024 musobaqasini o'tkazib yuborishi mumkin, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli Menyanning barmog'i chiqqan. Darvozabon hafta mobaynida fiksator kiyib yurishi kerak, keyin esa chuqurlashtirilgan ko'rikdan o'tadi. Uning natijalariga ko'ra, uning Yevropa chempionatidagi ishtirok etish-etmasligi aniq bo'ladi.

Mayk Menyan Italiya A Seriyasining so'nggi turi doirasidagi "Salernitana"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano