Fransiya terma jamoasi afsonasi Mbappening "Real"dagi o'yinini tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
8 noya 2024
Fransiya terma jamoasi, shuningdek, "Arsenal" va "Barselona" sobiq hujumchisi Terri Anri "Real"ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappening so'nggi o'yinlardagi harakatlarini tanqid ostiga oldi.


"Menimcha, jamoaning undan [Mbappe] hafsalasi pir bo'ldi va buni qabul qilish oson narsa emas... Jud Bellingem to'qqizinchi raqam [Mbappe] qilishi kerak bo'lgan ishni bajarishga harakat qilmoqda... U yaxshi holatga kirib olsa kerak, chunki bundan battari bo'lmaydi. Biz undan Dide Drogba kabi to'pni ushlab turishini, to'pni olib hammani aldashini so'ramayapmiz, lekin jamoa formada bo'lganida o'zini ko'rsatishini talab qilyapmiz", – dedi Anri.

Xabaringiz bor, Mbappe yozda PSJdan erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Kilian "galaktikos" safida joriy mavsum 15 ta o'yindan keyin 8 gol va 2 golli uzatmaga ega.

Avvalroq Drogba o'z paytida Anri "Oltin to'p" yutishga loyiq bo'lgani haqida fikr bildirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca