Fransiya Superkubogi uchun qaysi jamoalar kurashishi ma'lum bo'ldi

PSJ Fransiya Kubogi finalida “Cent-Eten”dan 1:0 hisobida ustun keldi va sovrinni o'ziniki qildi.

Shu tariqa Fransiya Kubogi va mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan PSJ Superkubok uchun “Marsel” bilan kurashadigan bo'ldi. Marselliklar 2019/20 yilgi mavsum Liga 1 da 2-o'rinni qo'lga kiritgandi.

Fransiya Superkubogi uchun o'yin 2021 yil yanvarda o'tkaziladi.


Manba: Eurosport