Fransiya prezidenti Mbappeni PSJda qolishi kerakligini aytdi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2022, 23:03
Emmanuel Makron ham Mbappening Fransiyada qolishi tarafdori.

PSJ klubi futbolchisi Kilian Mbappening kelajagi hali ham mavhum. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham futbolchi mamlakatda qolishi kerakligi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Afsuski, Mbappening "Marsel"ga o'tish varianti umuman yo'q. Men unga bu haqida aytganimda, Kilian tezda rad javobini berdi.

Jiddiy aytadigan bo'lsak, Mbappening Fransiya chempionatida qolishi uchun kurashish kerak. Kilian tengi yo'q o'yinchi", -deydi Emmanuel Makron.

Ma'lumot uchun, Kilian Mbappening amaldagi shartnomasi shu yozda o'z yakuniga etadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: L’Équipe