Fransiya prezidenti Albaniyadan madhiya bilan bog'liq voqea uchun uzr so'radi

Alisher
9 sen 2019
Evro-2020 saralashi doirasidagi Fransiya va Albaniya termalari o'rtasidagi o'yin oldidan yoqimsiz hodisa ro'y berdi.

Oldin xabar berilganidek, stadionda o'yin boshlanishidan oldin Albaniya madhiyasi o'rniga Andorraniki qo'yildi.

Stadion suhandoni bu xatosi uchun uzr so'radi. Albaniya terma jamoasi o'yinchilari ham o'zlarining madhiyalari yangramagunga qadar o'ynashdan bosh tortishdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Albaniya bosh vaziri Edi Ramadan uzr so'radi. Rahbar bu haqda o'zining "Twitter" sahifasida ma'lum qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ediramaal