

Goal nashri ushbu musobaqada g'olib chiqish ehtimoli yuqori bo'lgan terma jamoalar reytingini tuzdi. Nashrning fikricha, Fransiya terma jamoasi ushbu musobaqada zavar quchish uchun eng katta imkoniyatga ega. Angliya termasi esa reytingda ikkinchi o'rinda qayd etilgan. Ushbu reyting hali Evroning barcha ishtirokchilari ma'lum bo'lib ulgurmasdan e'lon qilinganini ta'kidlab o'tish joiz. Quyida 20 ta terma jamoadan iborat reytingni taqdim qilamiz:
1. Fransiya
2. Angliya
3. Portugaliya
4. Ispaniya
5. Belgiya
6. Avstriya
7. Germaniya
8. Shotlandiya
9. Turkiya
10. Vengriya
11. Albaniya
12. Slovakiya
13. Daniya
14. Niderlandiya
15. Sloveniya
16. Serbiya
17. Chexiya
18. Shveytsariya
19. Xorvatiya
20. Italiya



