Fransiya futbolidagi eng nufuzli shaxs e'lon qilindi - bu Messi emas

Оқил Абдубарноев
7 yanv 2022, 20:42
Fransiyaning nufuzli sport gazetasi L’Equipe mamlakatning futbol sohasidagi eng nufuzli shaxslari reytingini tuzib chiqdi.

Yozda "Barselona"dan PSJga o'tgan Lionel Messi uchinchi o'rin bilan kifoyalandi. Ikkinchi o'rinni o'tgan yili terma jamoaga qaytgan Karim Benzema egalladi. Reytingda ushbu yil PSJning yana bir hujumchisi Kilian Mbappe yetakchilikni o'z qo'liga oldi.

Bir yil avval reytingda erkaklar futboli olamida ko'plab muhim uchrashuvlarda ishlagan ayol hakam Stefani Frappar peshqadam bo'lgandi. Bu safar Frappar atigi 18-o'rinni egalladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L’Equipe