Fransiya chempionati yakunlanganidan Liga 1 qancha zarar ko'rishi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
1 may 2020
Fransiya chempionati yakunlanganidan Liga 1 qancha zarar ko'rishi OAV tomonidan e'lon qilindi.

Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatdagi yomon holat chempionatning yakunlanishiga sabab bo'lgandi. "L'Equipe" xabariga ko'ra, yakuniga etmagan chempionat sababli Liga 1  243 million evro zarar ko'rdi.

Fransiya chempionatining chempioni sifatida PSJ tan olindi. Bundan ayrim klublar norozi bo'lishgan va tashkilotni sudga berishga tayyorlanishmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal