Fransiya chempionati. Balotelli gol urgan o'yinda “Nicca” g'alaba qozondi

Fransiya chempionatining 28-turida “Nicca” o'z uyida “Lill”dan ustun keldi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Mario Balotelli hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Luis Araujo hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Vilan Siprien mezbonlarga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.

Ushbu g'alabadan keyin “Nicca” 39 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog'onasiga ko'tarilib oldi. “Lill” esa 27 ochko bilan 19-o'rinda bormoqda.


Manba: championat.asia