Fors Ko'rfazi Kubogi-2023. Bugun 2-tur doirasida ikki o'yin bor

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2023
Iroqda 25-marotaba Fors Ko'rfazi Kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Bugun, 10 yanvar kuni guruh bosqich 2-turidan o'rin olgan navbatdagi ikki bahs bo'lib o'tadi.

18:15, BAA – Quvayt

21:15, Qatar – Bahrayn

Eslatib o'tamiz, musobaqaning amaldagi g'olibi Bahrayn TJ hisoblanadi. Eng ko'p titulni esa Quvayt termasi qo'lga kiritgan – 10 ta. Fors Ko'rfazi Kubogi 1970 yildan beri o'tkazib kelinadi.

Guruhlarda dastlabki ikki o'rin egalari yarim finalga chiqadi. Hal qiluvchi bahs esa 19 yanvar kuni Basradagi “Milliy” stadionda bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia