Foden: "U shunchaki aqldan ozgan. Bu zarbani qanday amalga oshirganini tushuna olmadim"

Omonjon To`xtamirzayev
24 okt 2024, 18:36
Filip Foden "Sparta"ga qarshi bahsda Erling Xolandning harakatlariga baho berdi.

"Manchester Siti" YCHL guruh bosqich 3-tur doirasida yirik hisobda (5:0) g'alabaga erishdi. Dubl qayd etgan Xoland gollardan birini havoda tovoni bilan zarba berib, urishga muvaffaq bo'ldi.

"U bilan gaplashganda shunday dedim: "Oshna, agar men shu kabi zarba berishga urinib ko'rganimda, mushaklarimni cho'zib olgan bo'lardim!" U buni qanday amalga oshirayotganini tushunolmadim. Balki unga uning uzun oyoqlari yordam berar.

U aqldan ozgan! Undagi iqtidor boshqa hech kimda yo'q", – dedi "Manchester Siti" yarim himoyachisi "TNT Sports"ga intervyusida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: TNT Sports