Florentino Peres yozda ikkita dahshatli transferni amalga oshirmoqchi

Khoja
3 yanv 2024
“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres yozda dunyoning eng kuchli ikkita hujumchisi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Onefootball ma'lum qilishicha, Madrid jamoasi yozda Kilian Mbappe va Erling Xolandni jamoaga olib kelmoqchi.

Avvalroq, madridliklar 1 yanvar kuni Mbappega rasmiy taklif yuborgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Mbappening PSJ bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlanadi. Erling esa “Manchester Siti” bilan 2027 yilga qadar shartnoma tuzgan. Uning transfer narxi tahminan 180 million evroga baholanmoqda.


KhojaMuallif
Manba: Onefootbal