Florentino Peres: "Real" hech qachon taslim bo'lmaydi, biz chempionlar kubogini 23 marta yutganmiz"

5 mar 2020, 22:31
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa muxlislarini mavsumning yakuniy qismida "qaymoqranglilar"ni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.

"Mavsumning hal qiluvchi pallasiga kirib boryapmiz. Imkonsizday tuyulayotgan vazifalarni uddalash uchun ayni damda muxlislarning ko'magi juda muhimdir.

Biz mavsum boshidan buyon 3ta kubokni qo'lga kiritishga ulgurdik – basketbol bo'yicha Ispaniya kubogi, shuningdek, 2ta superkubok (futbol va basketbol).

"Real" hech qachon taslim bo'lmaydi. Biz chempionlar kubogini 23 marta qo'lga kiritganmiz – 13 bor futbolda, 10 bor basketbolda", – dedi Peres.


Manba: Marca