

Ispaniyaning "Onda Cero" radiosining xabar berishicha, so'nggi kunlarda tarqal(ayot)gan audioyozuvlar "muallifi" "Madrid" vice-prezidenti De Blas bilan aloqaga chiqqan hamda ma'lumotlarni keng ommaga tarqatmay, o'chirib yuborish uchun 10 million evro talab qilgan.
Klub bu tahdidga uchmagan va tovlamachilar bilan "ishlamasligi"ni ma'lum qilgan.
Shuningdek, "qirollik klubi"dagilar bu ishlar aynan hozir bo'layotganiga sabab Florentino Peres Superligani tashkil etish fikridan qaytmaganligi deb hisoblashmoqda.




