Flik "Real" va "Selta" o'yinini tomosha qilmadi: "Men uxlayotgandim. "Barsa" bor e'tiborini o'ziga qaratgan va "Madrid" haqida gapirishni istamaydi"

Aslanov Jasurbek
8 dek 2025
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik La Liga turnir jadvalida "Real" bilan oradagi farq haqida fikr bildirdi.

Kataloniya klubi hisobida 16 ta o'yindan so'ng 40 ochko mavjud. Madridliklarda esa – 36 ochko.

– "Real"dan to'rt ochkolik ustunlik siz uchun qanchalik muhim?

– Biz bor e'tiborimizni "Real"ga emas, o'zimizga qaratganmiz. Biz ular haqida gapirishni istamaymiz.

Biz ulardan to'rt ochkoga oldindamiz, ammo oldinda hali uzoq yo'l turibdi. Biz bor kuchimizni berishimiz shart. Hozir eng muhim o'yin – "Ayntraxt"ga qarshi bo'lajak bahs.


– Siz "Real" – "Selta" uchrashuvini (0:2) ko'rdingizmi?

– Yo'q, ko'rmadim. Men uxlayotgandim. Lekin menga yuborilgan xabarlarni ko'rdim.

Boshqa narsalarga kuch sarflamayman. Men o'z jamoamga e'tibor qaratganman. Bu eng muhimi, – dedi Xansi Flik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As