Flik Erik Garsiyani "Barselona"da qolishga ko'ndirgan

Sherzod Nurmatov
4 apr 2025
"Komo" himoyachini sotib olmoqchi bo'lgan.

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik "ko'k-anorranglilar"ning 24 yoshli himoyachisi Erik Garsiya haqida gapirdi: 

"Erik Garsiyaga boshqa klubdan taklif bo'lgandi, lekin men unga u kerak ekanligini aytdim", – dedi kataloniyaliklar ustozi.

Insayder xabariga ko'ra, Garsiyaga Italiya A Ceriyasining "Komo" jamoasidan taklif tushgan. "Barsa" bilan shartnoma deyarli 7 million evroga hal qilingan bo'lgan... Lekin Xansi Flik Erikning qolishini takidlagan.

Avvalroq Garsiya ijara asosida "Manchester Siti" va "Jirona" jamoalarida o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano