Flik: "Chelsi" - dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Bu "Barselona" uchun yaxshi sinov"

Sherzod Nurmatov
25 noya 2025
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasining 5-turidan o'rin olgan "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Chelsi" bilan o'ynayotganimizdan juda xursandman, chunki biz o'z imkoniyatlarimizni sinab ko'ra olamiz. Bu yaxshi sinov. Biz har doim raqibga moslashib o'ynaymiz. Har bir jamoaga qarshi qanday imkoniyatlarimiz borligini ko'rib chiqamiz. Har bir o'yin - alohida ahamiyatli.

"Chelsi" - dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ularda rivojlanishning fanstastik modeli, ajoyib o'yinchilar va murabbiy bor. Ularning o'yinini tomosha qilish yoqimli. Ularda yosh jamoa bor va biz yuqori sifatli futbol namoyish qilishimiz kerak bo'ladi. O'zimizga ishonamiz va kurashamiz", – dedi Flik.

"Chelsi" – "Barselona" uchrashuvi bugun 01:00 ga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com