Flik "Barselona" bilan shartnomasini La Liga chempionligidan so'ng uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
1 may 2026, 19:55
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo'ldi.

Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.

61 yoshli murabbiyning yangi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan va uni yana 1 mavsumga uzaytirish mumkin bo'ladi. Manbaga ko'ra, Flik "ko'k-anorranglilar" La Liga chempionligini qo'lga kiritgandan so'ng yangi bitimga imzo chekadi.

Murabbiyning "Barselona" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilgacha amal qiladi. Klub dastlab Flik bilan 2029 yilgacha mo'ljalangan bitim tuzishni rejalashtirgandi, ammo murabbiy unga ko'proq mos kelgani uchun qisqaroq shartnomani tanlagandi.

Flik jamoani 2024 yildan beri boshqarib kelmoqda. "Barsa" uning qo'l ostida Ispaniya chempionati va Qirollik Kubogini, shuningdek, ikki marta Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan. Kataloniyaliklar 2025/26 yilgi mavsum tugashiga 5 tur qolganida La Ligada 11 ochko farq bilan yetakchilik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo