Firmino: "Bir ko'zim ko'r bo'lib qolishidan qo'rqqandim"

Aslanov Jasurbek
4 okt 2018, 16:55
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino "Tottenxem"ga qarshi bahsda (2:1) ko'zidan olgan jarohat haqida gapirib berdi.

"Bir ko'zim ko'r bo'lib qolishidan qo'rqqandim. Yaratganga shukur, bunday bo'lmadi. Barcha tibbiy muolajalar amalga oshirildi. Har bir futbolchi uchun ko'z juda muhim.

Avvaliga havotir olgandim, ammo shifokor kerakli dorini berganidan so'ng og'riq to'xtadi. Hozir hammasi joyida, hech narsani his qilmayapman. Ko'zim biroz qizargan, lekin vaqt o'tishi bilan o'z xoliga keladi" - deydi Firmino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports