"Fiorentina" va "Napoli" Italiya terma jamoasi vingeriga shartnoma tayyorlamoqda

Alisher
2 apr 2022, 11:25
"Sassuolo" vingeri Domeniko Berardiga A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda.

Italiya terma jamoasi futbolchisi oldinroq "Yuventus" va "Milan"ga o'tishi mumkin edi, hozir esa unga "Fiorentina" va "Napoli" shartnoma berishga tayyor.

27 yoshli Domeniko Berardi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 14ta assist qayd etdi.

Hujumchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato