“Fiorentina” “Palmeyras” futbolchisi uchun 8 mln evro to'ladi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2017
Italiyaning “Fiorentina” klubi Braziliyaning “Palmeyras” jamoasi himoyachisi Vitor Ugo bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

Italiya matbuotidagi xabarlarga tayanadigan bo'lsak, futbolchining transfer summasi 8 mln. evroni tashkil etgan. Florenciyaliklar va Ugo o'rtasidagi shartnoma 4 yilga mo'ljallangan.

Futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va bugundan mashg'ulotlarga qo'shiladi. Ugo “Palmeyras” libosida jami 67 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. 26 yoshli futbolchi ham Braziliya chempionati, ham mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: