"Fiorentina" darvozaboni bilan APLning uch klubi shartnoma imzolamoqchi

Alisher
27 apr 2021
"Fiorentina" darvozaboni Bartolomey Drongovskiga "Everton", "Tottenxem" va "Vest Xem" klublari davogarlik qilmoqda.

Drongovskining Florenciya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi.

23 yoshli darvozabonning transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.

Oldinroq Drongovskiy ijara asosida "Empoli", shuningdek Polshaning "Yagelloniya" jamoalarida harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira