Fink: "Van der Vaart hamon Bundesligadagi eng kuchli futbolchilardan biri"

Tolibjon Qosimov
3 avg 2013, 17:53
"Gamburg" bosh murabbiyi Torsten Fink klub yarim himoyachisi Rafael van der Vaartning imkoniyatlariga shubha bilan qaramayapti.
"O'ylashimcha, insonlar bunday futbolchilar zamonaviy futbolga kerak emas deyishlaridan oldin o'ylab ko'rishlari lozim. O'tgan mavsumda van der Vaart 5ta gol urdi va 10ta golli vaziyat yaratdi. Rafael hamon Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib qolmoqda. Van der Vaart o'yinni boshqara oladi, raqib darvozasi oldida juda xavfli futbolchi. U zamonaviy futbolga mos emas deyish noto'g'ri", - deydi Fink. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru