Filippo Inzagi yakunlanayotgan yilning eng yaxshi murabbiyi va hujumchisi kim ekanligini aytdi

Sherzod Nurmatov
31 dek 2020, 00:31
"Benevento" ustozi Filippo Inzagi 2020 yil yakunlari haqida fikr bildirdi va kimni tugayotgan yilning eng yaxshi murabbiyi va hujumchisi deb bilishini ma'lum qildi.

"Bu yilni unutish qiyin bo'ladi. Maydonda hammasi joyida bo'lsa, uning tashqarisi dahshatga to'la edi.

Men hamkasblarimni alohida qayd etmoqchiman. Stefano Pioli va ukam Simone Inzagi o'zlarini juda yaxshi ko'rsatishdi. "Milan" jarohatlarga qaramay, g'alaba qozonishda davom etmoqda va A Seriya jadvalida peshqadamlik qilyapti. Agar mening "Benevento" klubim "Lacio"ga qarshi o'ynasa, bu shunchaki ikki aka-uka o'rtasidagi o'yin bo'lmaydi. Biz butun 90 daqiqa davomida raqib bo'lamiz.

Men Chiro Immobileni nihoyasiga etayotgan yilning eng yaxshi forvardi deb atamoqchiman", – deya Inzagining so'zlarini keltiradi Football Italia.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia