Fil Nevill Bekxemga tegishli "Inter Mayami" klubiga bosh murabbiy bo'ldi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2021
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi, Angliya ayollar terma jamoasi sobiq ustozi Fil Nevill Mayamining "Inter" klubi bosh murabbiyiga aylandi.

43 yoshli Nevill bilan tuzilgan bitim tafsilotlari oshkor qilinmadi. Angliyalik mutaxassis ishchi vizasini olganida klubga qo'shiladi.

Nevill Angliya ayollar terma jamoasidan tashqari "Valensiya", "Manchester Yunayted" va Angliya U21 termasi murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatgan.

Eslatib o'tamiz, MLS klubi egasi Filning "Manchester Yunayted"dagi jamoadoshi Devid Bekxemdir. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: intermiamicf.com