FIFA U-17 Jahon chempionati qaysi sanalarda bo'lib o'tishini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024, 12:59
FIFA prezidenti Janni Infantino 2025 yil Qatar maydonlarida o'tkaziladigan U-17 Jahon chempionatining aniq sanalarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, o'smirlar o'rtasidagi mundial bosh sovrini uchun kurash 2025 yilning 5–27 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, FIFA U-17 Jahon chempionatiga 2025 yilning aprel oyida Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogining eng yaxshi 8 ta terma jamoalari Osiyodan yo'llanma oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FIFAcom