

"Neftchi" klubi chap qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshevni o'z tarkibiga qo'shib olganini e'lon qildi. Futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolangan.
Yo'ldoshev o'tgan mavsumni "Qayrat" safida o'tkazgan. Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Neftchi"ga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.
Ma'lumot uchun, biroz avval "Neftchi" klubi FIFA transfer taqiqiga uchragani haqida ma'lum qilingandi.



