FIFA reytingi yangilandi. O'zbekiston 2024 yilni nechanchi o'rinda yakunladi?

Omonjon To`xtamirzayev
19 dek 2024, 17:06
FIFA terma jamoalarning 2024 yil hisobidan so'nggi reytingini e'lon qildi.

Yangilangan reytingda O'zbekiston milliy terma jamoasi o'tgan oydagi o'z o'rnini saqlab qoldi - 58-pog'ona! OFK mintaqasida hamon ettinchimiz. Bizdan avvalgi pog'onalarni Yaponiya (15), Eron (18), Koreya Respublikasi (23), Avstraliya (26), Qatar (48) va Iroq (56) terma jamoalari band etgan. 

Top-10 reytingda o'zgarish kuzatilmadi. Jahon chempioni Argentina terma jamoasi hamon peshqadam. TOP-3dan shuningdek, Fransiya va Ispaniya terma jamoalari o'rin olishgan.

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fifa.com