FIFA Klublar o'rtasidagi JCHni boshqaradigan hakamlar nomini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
15 noya 2019
11 dekabrdan 22 dekabrga qadar Qatar davlatida bo'lib o'tadigan Klublar o'rtasidagi JCH o'yinlarini boshqaradigan hakamlar nomi e'lon qilindi.

Bu haqda Alisher Nikimbaev o'zining telegram sahifasida ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, o'yinlarni ushbu hakamlar boshqarishadi:

Osiyodan - bosh hakam: Abdulrahmon al-Jassim (Qatar), yordamchi hakamlar: Tolib al-Marri (Qatar), Saud Ahmad al-Makalex (Qatar). VAR - Fu Ming (Xitoy).

Afrikadan - bosh hakam: Mustafo Gorbal (Jazoir), yordamchi hakamlar: Mahmud Ahmad Abu Elregal (Misr), Mokrane Gurari(Jazoir). VAR - Bakari Gassama (Gambiya)

KONKAKAFdan - bosh hakam: Ismoil Elfat (AQSH), yordamchi hakamlar: Kayl Etkins (AQSH), Korey Parker (AQSH). VAR - Alan Kelli (Irlandiya).

KONMEBOLdan - bosh hakam: Roberto Tobar (Chili), yordamchi hakamlar: Kristian Shiemann (Chili), Ruis Ortis (Chili). VAR - Vega Ostoyich (Urugvay).

UEFAdan - bosh hakam: Ovidiu Xacegan (Ruminiya), yordamchi hakamlar: Oktavian Sovre (Ruminiya), Sebastyan Jorje (Ruminiya). VAR - Xuan Martines (Ispaniya), Benua Millo (Fransiya).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev