FIFA 21'ning muqovasida qaysi futbolchining surati bo'lishi ma'lum

Alisher
24 iyun 2020, 18:24
Ommaviy futbol simulyatori bo'lmish FIFA'ning yangi versiyasida PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening surati bo'ladi.

Xabarlarga ko'ra, EA Sports kompaniyasi FIFA 21 muqovasi uchun Parij jamoasining ikki forvardidan birini tanlagan - Kilian Mbappe va Neymar.

So'nggi tanlov esa istedodli fransiyalik futbolchi bo'ldi. Qaror bir necha hafta oldin qabul qilingan.

So'nggi bor FIFA simulyatorining muqovasida PSJ futbolchisi 10 yil oldin bo'lgan. Bu hujumchisi Giyom Oaro (FIFA 10) bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Culture PSG