

“Hayotimda umuman Zidanga qo'ng'iroq qilmaganman. Bu men tomondan noto'g'ri ish bo'ladi. Mening iltimosim bilan atrofimdagilar ham unga qo'ng'iroq qilishmagan. Dide terma jamoa boshqaruvida qolishini juda xohlayman”, degan FFF prezidenti.
Avvalroq, Desham Qatardagi mundialdan keyin lavozimini tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi. Fransiya termasini oldinda 10 dekabr kuni JCH-2022 chorak finali doirasida Angliyaga qarshi bahs kutmoqda.



