Feruza Jo'raboeva: "Kelajakda yaxshi shaklangan va raqobatbardosh jamoaga aylanmoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
8 sen 2018
Ayollar futboli. O'zbekiston chempionati 20-turidan o'rin olgan “Neftchi-W”- “Qo'qon 1912-W” (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar safida eng yaxshi deb topilgan Feruza Jo'raboeva “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugungi uchrashuv biz kutgandek bo'lmadi. Uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rgandik, lekin o'yindan oldingi tayyorlagan rejamizni amalga oshira olmadik.

Tarkibimizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar va darvozabonimiz tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar evaziga mag'lub bo'ldik. Tabloda hisob 3:0, biz yutqazdik.  
Jamoamiz bu yilgi mavsum boshidan tashkil topgan, tarkibimiz yangi, shu sababli ko'plab o'yinlarda mag'lub bo'layapmiz. Muhimi tajriba to'playapmiz, futbolda do'stlar orttirayapmiz, kelasi mavsumdan yaxshi shakllangan va raqobatbardosh jamoaga aylanamiz deb o'ylayman.

Kelajakda o'z ustimda ko'proq ishlab, jamoa rivojiga hissamni qo'shmoqchiman. Tarkibimizga yangi kelib qo'shilgan jamoadoshlarimizga futbol borasidagi bilimlarimni  o'rgatib borishga, murabbiylarimizga yordam berishga muntazam harakat qilayapman. Bizga ishongan va jamoamiz shakllanishiga hissalarini qo'shayotgan murabbiylarmizga, rahbarlarga minnatdorchilik bildiraman.          


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: