Fernandu Santush: “Ederni yakuniy ruyxatdan tushib qoldirish qiyin bo'ldi”

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush JCH-2018ga boradigan futbolchilarning yakuniy ruyxatiga Nani va Ederning kiritilmay qolishiga izoh berdi.

“Shubhasiz, yakuniy ruyxatdan Nani va Eder singari Portugaliya futboli tarixida yorqin iz qoldirgan futbolchilarni tushirib qoldirish qiyin bo'ldi. Ammo professional murabbiy sifatida men shaxsiy kriteriyalar bo'yicha emas, ayni paytda men istagan futbol namoyish eta oladigan futbolchilarni tanlashga majbur edim”, deydi Santush.

Eslatib o'tamiz, Eder Evro-2016 final bahsida Fransiya termasi darvozasiga yagona va hal qiluvchi golni kiritib, jamoasining Yevropa chempioni bo'lishini taminlagandi.


Manba: Record