

Yarim himoyachi shartnomani ehtimoliy uzaytirish borasida mavsum so'ngida qaror qabul qiladi. Pep Gvardiola futbolchining yana bir mavsumga qolishini xohlaydi, ammo qarorni o'yinchining o'zi qabul qiladi. "Siti" yozda yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash uchun bozorni o'rganadi.
Fernandinoning amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'ngiga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi joriy mavsum Angliya klubi tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.



