Ferlan Mendi "Real"ning "Chelsi"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
11 apr 2022
"Real" himoyachisi Ferlan Mendi "Chelsi"ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak final javob o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

Futbolchi kechagi mashg'ulotda jamoadan ajralgan holda shug'ullandi.

Qayd etish kerakki, futbolchi jarohati sabab ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubormoqda. "Chelsi"ga qarshi o'yinda Mendini Nacho almashtirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Real" Londonda o'tgan ilk bahsda "Chelsi"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan edi. Javob o'yini 12 aprel kuni bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Sport