Ferdinand Nani hamda Ronalduning Bruno Fernandesh haqidagi fikrlarini aytdi

Mirjalol Normatov
2 fev 2020
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand xavbek Bruno Fernandeshning mankunianliklar tarkibiga o'tgani borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Sobiq jamoadoshim Nanining fikrlariga ko'ra, Bruno fantastik futbolchi va u Angliya futboliga to'la mos keladi. Uning aytishiga qaraganda, Fernandeshda katta mahorat bor.

Krishtianu ham u haqida ajoyib fikrda. Bruno terma uchun borini berayotganini va to'p bilan muomalasi ajoyib darajada ekanligini aytdi. Shuningdek, u ishonchli futbolchiligini tushuntirdi.

Shunday futbolchilardan Bruno haqida maqtovlar eshitish yoqimli. Ishonamanki, Bruno MYU tarkibida o'ziga bildirilgan ishonchlarni tezda oqlaydi", - dedi Ferdinand.

25 yoshli xavbek 55 mln evro evaziga "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga o'tdi va mankunianliklar bilan 5 yarim yillik shartnomaga imzo chekdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express