"Fenerbaxche" rahbariyati bosh murabbiyga qo'ng'iroq qilib, uni iste'foga chiqarishdi

Aslanov Jasurbek
15 dek 2018
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Ervin Kuman o'zining iste'fosi haqida telefon qo'ng'irog'i orqali bildi.

Jamoa Yevropa ligasining 6-turida Trnavaning "Spartak" klubiga mag'lub bo'lganidan so'ng, turk klubi rahbariyati yig'ilish o'tkazdi va Kumanni ishdan olishga qaror qilishdi. Mag'lubiyatga qaramasdan "Fenerbaxche" turnirning 1/16 finaliga yo'llanma oldi, biroq Slovakiyadan Turkiyaga qaytayotgan murabbiy telefon qo'ng'irog'i orqali ishsiz qolganini bilib oldi.

2013/14 mavsumda "Fenerbaxche"ni boshqargan Ersun Yanal Kuman o'rnini egallaydigan bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal