Fenerbaxche – Arsenal. Sanya, Gibbs va Uilsher maydonga tusha olishadi

Tolibjon Qosimov
20 avg 2013, 17:29
Arsenalning bir qator futbolchilari YCHL pley offi doirasidagi Fenerbaxchega qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyorlar.
Aston Villaga qarshi o'yinda Kiran Gibbs, Bakari Sanya, Tomash Rosicki, Aaron Remzi va Jek Uilsher turli darajadagi jarohatlar olishgandi, bugun ushbu o'yinchilar umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazishdi.

O'yinni Aleks Oksleyd-Chemberlen o'tkazib yuboradi.

O'yin chorshanba kuni, 21 avgustda Toshkent vaqti bilan soat 23.00 da boshlanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru