"Fenerbahche" futbolchisi koronavirus bilan zararlandi

Bu haqida klub rasmiy saytida shunday deyiladi:

"Klubimizning barcha futbolchilari, murabbiylar va mamuriy xodimlar COVID-19 infeciyasini aniqlovchi maxsus testdan o'tdi.

Oqibatda bir nafar futbolchi va klubning tibbiy xizmatchilaridan birida koronavirus aniqlandi. Ular zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi".

Ma'lumot uchun, Turkiyada COVID-19 infekciyasi bilan zararlanganlar soni 1872 kishini tashkil qilmoqda. Virus 44 kishining umriga zomin bo'lgan.


Manba: fenerbahce.org