Feguli Fenerbaxchega o'tishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
25 dek 2015
Valensiya yarim himoyachisi Sofian Feguli qishda klubni tark etishi mumkin.

Uning Ispaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2016 yil yozida tugaydi. Shu bois 1 yanvardan boshlab u boshqa klublar bilan bemalol muzokara o'tkazishi mumkin. Feguliga Turkiyaning Fenerbaxche klubi qiziqmoqda. Valensiya yozda futbolchini bepulga qo'yib yubormaslik uchun yanvarda uni sotishga tayyor.

Oldinroq jazoirlik yarim himoyachiga Inter qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mundodeportivo.com