Federatsiya kubogi-2017: G'ani Djuliev “Jomboy”ni finalga olib chiqdi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2017, 10:20
Samarqandda davom etayotgan “Federatsiya kubogi-2017” musobaqasi qizg'in pallaga kirdi. SVFF tomonidan o'tkazilayotgan musobaqaning dastlabki yarim finalida “Jomboy” va “TOZK” jamoalari to'qnash kelishdi.

Uchrashuvning dastlabki bo'limi teng kurashlar ostida kechdi va darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Ikkinchi bo'limga kelib “Jomboy” jamoasi ketma-ket hujumlari bilan raqibidan ustun kela boshladi. Natijada 74-daqiqada G'ani Djuliev tashkil etilgan chiroyli kombinaciyani gol bilan yakunladi. Goldan so'ng “TOZK” jamoasining futbolchilari hisobni tenglashtirish uchun bor e'tiborini qarshi hujumga qaratishdi, ammo tablodagi 1:0 hisobi o'yinning so'nggi daqiqalariga qadar o'zgarmadi. Natijada Djulievning yagona goli “Jomboy” jamoasiga final yo'llanmasini taqdim etdi.

“Federatsiya kubogi-2017”
Yarim final
“Jomboy” (Jomboy tumani) - “TOZK” (Tayloq tumani) – 1:0
Gol:
G'ani Djuliev 74, - 1:0.
Ogohlantirishlar: Rizo Ergashev 25 - Bobomurod Mavlonov 41.
Hakamlar: Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov, Jahongir Bozorov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: samfutbol.uz