Faxriylar "derbi"sida kuchlar teng keldi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2015, 22:24
Kecha Qiruli shaharchasidagi "Neftchi" sport majmuasida faxriylar o'rtasidagi Respublika birinchiligining saralashi doirasida navbatdagi o'yin bo'lib o'tdi.

Unda Farg'ona viloyatining ikki jamoasi "Neftchi" va "Qo'qon-1912" jamoalari kuch sinashishdi.

Murosasiz kurashlarga boy bo'lgan o'ziga xos viloyat derbisi 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Saralash turnirining Farg'ona vodiysi mintaqasidan Respublika final bosqichiga "Qo'qon-1912" faxriy futbolchilari muddatidan oldin yo'llanmani naqd qilgan edilar.

Endi Toshkent shahrida bo'ladigan final o'yinlarida Toshkent, Qarshi, Navoiy va qo'qonlik faxriy futbolchilar g'oliblik uchun maydonga chiqadilar. Final bosqichiga 6 noyabr kuni qura tashlanadi va 7 va 8 noyabr kunlari o'yinlar bo'lib o'tadi. Biz qo'qonlik faxriy futbolchilarimizga Respublika chempioni degan sharafli unvonni yana o'zlarida saqlab qolish yo'lida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
 

Akramjon Mamadaliev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia