Fati "Dinamo"ga qarshi urgan golini Serxio Agueroga bag'ishladi

Alisher
3 noya 2021
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati Chempionlar Ligasi doirasidagi "Dinamo" (Kiev) (1:0)ga qarshi urgan golidan so'ng jamoadoshi Serxio Agueroni qo'llab-quvvatladi.

"Bu muhim g'alaba, biz mamnunmiz. Kurashganimiz va g'alaba qozoganimiz tufayli pley-offga chiqish endi faqat o'zimizga bog'liq.

Oldinda "Benfika" bilan, so'ngra "Bavariya" bilan o'yin bor. Biz ushbu o'yinlarga borimizni beramiz. Men "Dinamo" darvozasiga gol urish uchun bor kuchimni berdim.

Golimni Serxio Agueroga bag'ishladim, u jamoa uchun muhim", - deydi Fati.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com