Farruh Sayfiev: "Mundialga borib, shunchaki qatnashish yo'q"

Абдулвосит Бектемиров
11 iyun 2025, 18:16
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Farruh Sayfiev Qatarga qarshi bahsdan (3:0) so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- MTJning iyun oyidagi FIFA kunlari haqidagi fikringiz bilan bo'lishsangiz. Terma jamoa ilk marotaba mundialga chiqdi...

- Butun xalqimizni bizga armon bo'lib kelgan Jahon chempionatiga chiqishimiz bilan tabriklayman. Bunga osonlikcha erishilmaydi. Biz to'rt yil davomida katta mehnat qildik. Rahbariyatimiz va yurtboshimiz bizga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Shu sababli, biz shunday darajaga yetib keldik, nazarimda. Biz bunga munosib edik. Har bir o'yin va har bir mashg'ulot orqali bunga yetib keldik. Endi to'xtab qolish yo'q. Mundialga borib, shunchaki qatnashish yo'q. Jahon chempionatida ham maksimal o'yin namoyish etishga harakat qilamiz.

- 2021 yildan so'ng MTJ Srechko Katanetsga topshirildi. Oradan to'rt yil vaqti o'tdi. Ushbu mundial yo'llanmasiga qadar bosib o'tilgan yo'ldagi quvonchli yoki qiyinchiliklar haqida gapirib o'tsangiz?

- Terma jamoa Katanets bo'ladimi yoki Timur aka, hamma bir xil mehnat qildi. Bu ciklning har bir o'yini qiyin kechdi. Hozirgi kunda futbol shunday bo'lib qoldi. Kuchli ishtiyoq bo'lmasa, g'alaba qozonish qiyin. Masalan, KXDRga qarshi o'yinlar. Ko'pchilik KXDRni oson raqib deb o'ylagan edi. Zamonaviy futbolda "nastroy" bo'lmasa yutish qiyin.



Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia