Farhod Tojievning dubli "T-Tim"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2015
Kecha Malayziya Futbol Assotsiatsiyasi kubogi dastlabki bosqichi bo'lib o'tdi.
Farhod Tojiev va Sadriddin Abdullaev to'p tepayotgan "T-Tim" klubi ilk bosqichda Superliga ishtirokchisi bo'lgan ATM klubiga qarshi kurash olib bordi. Asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Qo'shimcha bo'limlarda Farhod Tojiev ikki bor, Rashid Safavi bir bor mehmonlar darvozasiga gol urdi.

Ma'lumot uchun, "T-Tim" safida o'zbekistonlik muxlislarga tanish bo'lgan Devid Oniya sardor sifatida o'ynamoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia