Faqat "Malmyo" "Barsa"dan yomon: shvedlarda 0:7, "Barselona"da esa 0:6

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2021
"Barselona" YCHL 2-turi doirasida safarda "Benfika"ga 0:3 hisobida yutqazdi.

Shu tariqa, Ronald Kuman jamoasi Evrokubokning dastlabki ikki turida 6 ta gol o'tkazib yuborib, umuman gol ura olmadi. 

Guruh bosqichi ishtirokchilari ichida faqatgina "Malmyo" "Barselona"dan yomonroq natija ko'rsatib turibdi. Shved klubi ham ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchragan va gol ura olmasdan, 7 marotaba to'pni o'z darvozasidan olib chiqqan. 

"Barselona" 3-turda o'z maydonida Kievning "Dinamo" jamoasini qabul qiladi. "Malmyo" esa safarda "Chelsi"ga qarshi o'yin o'tkazadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta