Falastin o'z uyidagi sun'iy maydonlarda qanday o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
23 avg 2019, 15:18
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi 5 sentyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida Falastin mehmoni bo'ladi.

Bo'lajak raqibimizning o'z maydonida so'nggi ikki yildagi natijalarini o'rganib chiqdik. E'tiborlisi Falastin 2017 yil boshidan buyon hozirga qadar Falastin hududida 5ta o'yin o'tkazgan xolos. Al-Ram va Xevron shaharlaridagi stadionlar sun'iy qoplamali maydonlar hisoblanadi.

Balki shu bois bo'lsa kerak Falastin o'z uyida uncha muncha jamoaga yutqazmay kelmoqda. 2017 yil yozida Osiyo Kubogi-2019 saralashi doirasida Ummon Al-Ramda mag'lub etilgan. Butan va Maldiv orollari kabi kuchsiz terma jamoalar esa yirik hisoblarda taslim etilgan.

O'tgan yil avgust oyida o'rtoqlik uchrashuvida Iroqqa imkoniyat boy berilgan - 0:3.

2018 yil Pokiston bilan o'rtoqlik o'yinida 2:1 hisobida mag'lub etilgan.


O'yin

Sana

O'yin maqomi

Shahar, stadion

Falastin – Ummon 2:1

13.06.2017

OK-2019 saralashi

Al-Ram, “Faysal Al Hussayni”

Falastin – Butan 10:0

10.10.2017

OK-2019 saralashi

Xevron, “Dora Xalqaro”

Falastin – Maldiv or. 8:1

14.11.2017

OK-2019 saralashi

Al-Ram, “Faysal Al Hussayni”

Falastin – Iroq 0:3

04.08.2018

O'rtoqlik 

Al-Ram, “Faysal Al Hussayni”

Falastin – Pokiston 2:1 

16.11.2018

O'rtoqlik

Al-Ram, “Faysal Al Hussayni”




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia